Korxona missiyasi

Korxona missiyasi

“QUVVAT” MChJ missiyasi issiqlik, suv, gaz, qozonxonalar va boshqa energiya tejovchi uskunalar uchun uchun yuqori sifatli hisoblagichlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy etish orqali O‘zbekistonda energiya tejamkorligiga ko‘maklashishdan iborat.

«QUVVAT» MChJning asosiy tamoyillari va qadriyatlari

  • Innovatsiyalar orqali uzluksiz rivojlanish va o’sish
  • Kompaniya faoliyatining shaffofligi
  • Har bir xodimning adolatli almashinuvi, halolligi va mas’uliyati, malakasining oshishi;
  • Sifatni doimiy ravishda yaxshilab borish. “QUVVAT” MChJ jamoasi ISO 9001:2015 standarti asosida korxonada SMTni yaxshilash va uni doimiy ravishda takomillashtirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi.
  • Iste’molchiga yo’naltirilganlik, iste’molchilarning talablarini qonunchilik, me’yoriy talablar va qabul qilingan biznes etikasi doirasida maksimal darajada qondirishga intilish.

“QUVVAT” MChJ rahbariyati missiyasini muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona oldida quyidagi maqsadlarni qo‘ygan:

  • O‘z konstruktorlik byurosining kuchlari bilan yangi mahsulotlarni tezkor va samarali ishlab chiqish
  • Sotuvlar bozorini hamda ishlab chiqarilayotgan ishlar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish orqali sotuvlar hajmini oshirish
  • Umumiy missiya atrofida birlashgan va umumiy maqsadlarga erishayotgan maslakdoshlardan iborat jamoaga ega bo‘lish. Xodimlar rivojlanishiga sharoit yaratuvchi, o‘zaro birdamlik va ko‘makdoshlik muhitini yaratish, shu jumladan, mehnat va hordiq uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularning farovonlik darajasini oshirish.